Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Azimut» aviakompaniyasi O‘zbekistonga yangi yo‘nalishni yo‘lga qo‘ydi
Foto: Uzbekistan Airpors
Rossiyaning «Azimut» aviakompaniyasi Sochi va Urganchni to‘g‘ridan to‘g‘ri qatnovlar bilan bog‘ladi.
29 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 05:07 da Rossiyaning «Azimut» aviakompaniyasi havo kemasi Sochi-Urganch-Sochi yo‘nalishi bo‘yicha birinchi muntazam yo‘lovchi qatnovini amalga oshirdi. An’anaga ko‘ra, bortida 61 yo‘lovchisi bo‘lgan Sukhoi Superjet 95 havo kemasi suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi.
Sochidan Urganch xalqaro aeroportiga parvozlar haftada bir marta — chorshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
«Azimut» Urganchni Rossiyaning boshqa shaharlari — Moskva va Mineralniye Vodi bilan ham bog‘laydi.
2023 yil 27 martdan boshlab Rossiya aviatashuvchisi Mineralniye Vodi — Samarqand — Mineralniye Vodi yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar chastotasini oshirdi. Parvozlar haftasiga ikki marta — seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi. Ilgari parvozlar faqat seshanba kunlari amalga oshirilar edi.
«Azimut» — Rostov-Don va Krasnodarda joylashgan Rossiya aviakompaniyasi hisoblanadi.
Mavzuga oid
20:36 / 30.12.2025
2025 yilda yo‘lovchilar O‘zbekiston aeroportlaridan eng ko‘p parvoz qilgan yo‘nalishlar ma’lum bo‘ldi
17:45 / 23.12.2025
Yangi FlyOne Asia aviakompaniyasi O‘zbekistonda 2026 yil aprelida ish boshlaydi
09:35 / 21.11.2025
Xitoy aviakompaniyasi O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni kengaytiradi
19:55 / 14.11.2025