Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada urush tufayli ishchi kuchi tanqisligi kuchaydi - Bloomberg
2022 yilda armiya safiga 500 ming kishi qo‘shildi.
Rossiya 2022 yilda o‘z harbiylari sonini 500 ming kishiga yetkazdi. 100 mingga yaqin askar «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasiga qo‘shildi.
Bloomberg agentligining yozishicha, Rossiya 400 ming harbiy xizmatchining Qurolli kuchlar safiga chaqirilganini rasman tasdiqlagan, biroq bu raqamlarga «Vagner» tarkibidagi 100 mingga yaqin yollanma askar kirmagan. Shu bilan birga, 2022 yil oktabr oyida Rossiya hukumati safarbarlik doirasida armiya 300 ming kishi bilan to‘ldirilgani haqida xabar berdi.
Qayd etilishicha, rossiyaliklarning safarbar etilishi ishchi kuchi yetishmasligi va ishsizlikning past darajasiga olib kelgan - 2023 yil yanvar holatiga ko‘ra 3,5 foiz. Real ish haqi esa 2022 yilning oktabr-dekabr oylarida oshgan. Bunga vakansiyalarning rezyumelar sonidan oshib ketgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.
Bu sur’atda Rossiyada mehnatga layoqatli aholi miqdori Ukrainadagi yo‘qotishlar va emigratsiyani hisobga olgan holda 2033 yilgacha 6,5 foizga tushib ketishi mumkin.
O‘z navbatida Ukrainadagi ruslarning umumiy yo‘qotishlari haqida rasmiy ma’lumotlar yo‘q.
Mavzuga oid
10:00
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
20:04 / 08.06.2026