O‘zbekiston | 14:37 / 02.04.2023
15718
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda yuk mashinasi jarlikka quladi, haydovchi halok bo‘ldi (video)

Haydovchi tog‘ massivida transport vositalari harakatlanishi uchun mo‘ljallanmagan yo‘ldan yurganda boshqaruvni yo‘qotgan.

Videodan kadr

Surxondaryo viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi haydovchining o‘limi bilan tugagan.

Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2023 yil 27 mart kuni sodir bo‘lgan.

GAZ-52 haydovchisi Bobotog‘ massivida transport vositalari harakatlanishi uchun mo‘ljallanmagan yo‘lda ketayotib boshqaruvni yo‘qotgan. Shundan so‘ng mashina yo‘lning o‘ng tomonidagi chuqur jarlikka tushib ketgan.

Hodisa oqibatida haydovchi og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida halok bo‘lgan.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid