Isroilda 450 mingdan ortiq odam namoyishlarga chiqdi
Tel-Aviv, Quddus va Isroilning boshqa shaharlarida sud islohotiga qarshi mitinglar bo‘lib o‘tdi. «Isroil davlatining demokratik xarakterini kafolatlamagunimizcha, biz ko‘chalarda qolishda davom etamiz», dedi namoyishchilar.
Bosh vazir Benyamin Netanyaxu munozarali sud-huquq islohoti vaqtinchalik to‘xtatilishini e’lon qilganiga qaramay, Isroilda 450 mingdan ortiq odam yana namoyishga chiqdi. Namoyishlar 1 aprel kuni Tel-Aviv, Quddus va boshqa shaharlarda bo‘lib o‘tdi, eng yirik aksiyalarda esa 170 ming kishi qatnashdi, deya xabar beradi dpa muxolifat yetakchisi Yair Lapidga tayanib.
Politsiya bilan alohida to‘qnashuvlar kuzatildi, bir qancha namoyishchilar hibsga olingan. Tel-Aviv politsiyasi namoyishchilarga qarshi suv purkagichlardan foydalangan.
Yig‘ilganlarning ba’zilari o‘zlari bilan Isroil bayroqlari va yozuvlari bo‘lgan plakatlarni olib kelishdi, bannerlardan birida, xususan, «Demokratiya bu hukumatdan kuchli» deb yozilgan.
28 martdan beri hukmron koalitsiya va muxolifat sud islohoti atrofidagi vaziyatni hal qilish maqsadida muzokaralar olib bormoqda. Shu bilan birga, muxolifatdagi siyosatchilar Netanyaxuning murosaga erishish niyati jiddiyligiga shubha bildiryapti.
«Netanyaxuning namoyishchilarni tinchlantirishga urinishi barbod bo‘ldi», — dedi namoyishchilar vakillari. «Bugun tunda 445 mingdan ortiq demokratiya tarafdori Isroil ko‘chalariga chiqdi, bu Isroil tarixidagi eng yirik namoyishlardan biri. Biz Isroil davlatining demokratik xarakteriga kafolat olmagunimizcha ko‘chalarda qolishda davom etamiz», - deya ta’kidladi ular.
Isroilda ommaviy norozilik namoyishlari yanvar oyi o‘rtalaridan beri davom etmoqda. 27 mart kuni mamlakatda «Milliy falajlik haftaligi» e’lon qilindi - sud islohotlariga qarshi bir qator namoyishlar va ish tashlashlar o‘tkazildi, ularga yetakchi kasalxonalar qo‘shila boshladi. Biroq o‘sha kuni, 27 martda Benyamin Netanyaxu qonun loyihasining «ikkinchi va uchinchi o‘qishini to‘xtatishga qaror qilganini» bildirdi. Shu tariqa, u aprel oyining oxiridan kechiktirmay parlamentda ovoz berilishi uchun taqdim etilishi mumkin.
Sud-huquq islohoti vazirlar mahkamasining Oliy sud sudyalarini saylash bo‘yicha vakolatlarini kengaytirish va ushbu sud organining o‘z vakolatlarini cheklashi kerak. Agar qonun loyihasi qabul qilinsa, hukumat amalda sudyalarni tayinlash ustidan to‘liq nazoratga ega bo‘ladi. 20 fevral kuni Isroil parlamenti qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi.
Vashington Isroilda sodir bo‘layotgan voqealardan «juda xavotirda» ekanini ma’lum qildi. Oq uy Isroil hukumatini ommaviy noroziliklar fonida murosaga chaqirdi. «Biz Isroil rahbarlarini imkon qadar tezroq murosaga kelishga chaqirishda davom etamiz. Bu Isroil va uning barcha fuqarolari uchun eng yaxshi yo‘l deb hisoblaymiz», dedi Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi matbuot xizmati rahbari Edriyenn Uotsonyu. U AQSh Isroil xavfsizligi va demokratiyasini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini qo‘shimcha qildi.
Mavzuga oid
12:00 / 11.11.2024
Isroilning yangi mudofaa vaziri: «Hizbulloh» mag‘lub etib bo‘lindi
10:45 / 09.11.2024
Livan: Isroilning UNIFIL va Livan armiyasi harbiylariga hujumlari urush jinoyatlari hisoblanadi
17:40 / 08.11.2024
«Makkabi» muxlislari Amsterdamda Falastin bayrog‘ini yoqib, tartibsizlik keltirib chiqarishdi va so‘ng taksichilar taqibiga uchrashdi
17:32 / 08.11.2024