Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shols Ruminiyaning YeI Shengen hududiga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi
Maqsad Ruminiyaning «nihoyat bu yil Shengen hududining to‘laqonli a’zosiga aylanishi»dir, dedi Germaniya kansleri Shols prezident Yoxannis bilan uchrashuvdan so‘ng.
Ruminiyaga tashrif buyurgan Germaniya kansleri Olaf Shols uning Yevropa Ittifoqining Shengen zonasiga erta qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Germaniya vazirlar mahkamasi rahbari lavozimini egallagan siyosatchilar Janubi-Sharqiy Yevropaning bu davlatida deyarli 13 yildan beri bo‘lmagan, deb eslatadi 3 aprel, dushanba kuni AFP agentligi.
Maqsad Ruminiyaning «nihoyat bu yil Shengen hududining to‘laqonli a’zosiga aylanishi»dir, dedi Shols Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannis bilan uchrashuvdan so‘ng.
Germaniya kansleri «Buxarest va Berlin o‘rtasida Rossiyaning xalqaro huquqni buzuvchi Ukrainadagi urushini qoralash masalasi bo‘yicha «katta kelishuv»ni olqishladi.
AFP agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Ruminiya qo‘shni Ukrainaga YeI qurollarini yetkazib berish markaziga aylangan.
Germaniyaning Rheinmetall qurol konserni Ukrainaga yetkazib beriladigan og‘ir texnikaga xizmat ko‘rsatish uchun Ruminiyada baza ochishini ma’lum qildi. Ta’mirlash va logistika markazi Ukraina chegarasi yaqinida joylashib, Germaniyaning Leopard, Britaniyaning Challenger tanklari, Marder piyoda askarlar jangovar mashinalari va Fuchs nemis zirhli transportyorlariga, shuningdek, harbiy yuk mashinalariga xizmat ko‘rsatadi, deb xabar qildi Reuters kompaniyaning o‘ziga tayanib. Baza aprel oyida ish boshlaydi. Mudofaa konserni rahbari Armin Papperger shunday dedi: «NATO va Ukraina qo‘shinlarini eng yaxshi yordam bilan ta’minlash Rheinmetall uchun asosiy vazifadir».
Maqsad «Ukrainada foydalanilayotgan texnikalarning doimiy ta’mirlanishi va mavjudligini» ta’minlashdir, dedi Shols. O‘z navbatida, Ruminiya prezidenti boshqa nemis mudofaa kompaniyalarini o‘z mamlakatiga sarmoya kiritishga taklif qildi. Bu strategik ma’noga ega va Ruminiyada «yaxshi ish o‘rinlari» yaratadi, deya qo‘shimcha qildi Ruminiya rahbari.
Mavzuga oid
08:28 / 03.06.2026
Ruminiya 298 ta Lynx jangovar mashinasini xarid qiladi
18:37 / 29.05.2026
Rossiya droni Ruminiyadagi uyga kelib urildi
12:27 / 13.03.2026
Ukraina va Ruminiya harbiy dronlarni birgalikda ishlab chiqaradi
18:37 / 15.01.2026