O‘zbekiston | 14:01 / 05.04.2023
7565
1 daqiqa o‘qiladi

AnadoluJet Anqara va Toshkentni to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi

Turkiyaning AnadoluJet aviakompaniyasi Anqara-Toshkent-Anqara yangi yo‘nalishini ochdi. 

Foto: Uzbekistan Airpors

Birinchi yo‘lovchi reysi 2023 yil 17 aprelga belgilangan. Reyslar Boeing 737-800 samolyotlarida haftasiga bir marta — dushanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

AnadoluJet - bosh qarorgohi Anqarada joylashgan Turkish Airlines loyihasi bo‘lgan aviakompaniya. 

Aviakompaniya parkida 59 ta samolyot mavjud bo‘lib, ular 89 ta yo‘nalishda ichki va xalqaro reyslarni amalga oshiradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid