Turkiyaning Eron tomonidan raketadan öqqa tutilganidan söng NATO raketaga qarşi mudofaa tizimlarini yuqori jangovar şaylik holatiga ötkazmoqda. Bu haqda 5 mart, payşanba kuni Şimoliy Atlantika alyansining Yevropadagi birlaşgan qurolli kuçlari markaziy ştabi matbuot kotibi, polkovnik Martin ÖDonnell ma’lum qildi.
Turkiya harbiylari 4 mart kuni Eron hududidan uçirilgan raketa töxtatib qolinganini ma’lum qildi. U Şarqiy Örta Yer dengizida joylaştirilgan NATOning havo hujumidan va raketa hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan yöq qilingan. Raketa parçalaridan biri Turkiyaning Hatay viloyatidagi Dörtyöl tumani hududiga tuşgan. Turkiya Mudofaa vazirligi bildirişiça, heç kim jabrlanmagan.
ÖDonnellning ta’kidlaşiça, raketa 10 daqiqadan kam vaqt içida aniqlangan va urib tuşirilgan. U keskinlaşuv fonida mintaqaga qöşimça raketaga qarşi mudofaa tizimlari köçiriladimi-yöqmi, bu haqda aniqlik kiritmadi.
Bundan oldin NATO matbuot kotibi Elison Hart alyans Eronning Turkiya tomon raketa uçirganini va Tehronning butun mintaqa böylab tartibsiz hujumlarini qoralaşini aytgan edi. Şu bilan birga, AQŞ mudofaa vaziri Pit Hegset ta’kidlaşiça, Erondan Turkiya havo hududi tomon uçirilgan ballistik raketaning yöq qilinişi Şimoliy Atlantika şartnomasining jamoaviy mudofaa tamoyilini belgilab beruvçi 5-moddasini qöllaşga olib keladi, deb hisoblaş uçun asos yöq.
Anqara Eronga qarşi uruşda rasman betaraflikni saqlab turibdi va mojaroni diplomatik yöl bilan hal etişga çaqirmoqda. Raketa hodisasidan keyin Turkiya hokimiyati mamlakatga qarşi qaratilgan har qanday duşman harakatlarga javob beriş huquqini özida saqlab qolişini bildirdi.
Bayonotda şunday deyiladi: «Hududimiz va havo makonimizni himoya qiliş uçun zarur bölgan barça çoralar qat’iy va ikkilanmasdan amalga oşiriladi».
Turkiyada Amerika qöşinlari ham joylaşgan: NATOning asosiy Injirliq aviabazasida taxminan 1500 nafar AQŞ harbiy xizmatçisi bor. Vaşington ma’lumotiga köra, aynan şu baza Eron hujumining nişoni bölgan.
Şu bilan birga, Eron bu hujumni inkor etmoqda. Tehron ta’kidlaşiça, mamlakat qurolli kuçlari Turkiyaning, «qöşni va döst davlat» sifatidagi suverenitetini hurmat qiladi.








