Trampga ayblov e’lon qilindi va qo‘yib yuborildi
U sud zalini tark etdi va jurnalistlarga izoh bermadi.
4 aprel kuni Nyu-Yorkdagi Manhetten jinoiy sudi AQSh sobiq prezidenti Donald Trampga qarshi 34 ta punkt bo‘yicha jinoiy ayblov e’lon qildi.
Qonunga ko‘ra, Tramp sud mahkamasidan oldin rasmiyatchilik yuzasidan hibsga olindi.
Undan barmoq izlari olinishi va qo‘liga kishan urilishi kutilgan edi. Ammo bunday bo‘lmadi, deb xabar berdi CBS. Mahkamaga yopiq eshiklar ortida o‘tdi.
Donald Trampga qo‘yilgan asosiy ayblov 2016 yilgi prezidentlik kampaniyasi uchun mablag‘larni o‘zlashtirish bilan bog‘liq. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u pornografik aktrisa Stormi Denielsga ishqiy munosabatlari haqida sukut saqlagani uchun kampaniya fondidan 130 ming dollar to‘lagan.
Tramp va uning advokatlari barcha ayblovlarni rad etdi.
Shundan so‘ng, sobiq prezident sud zalini tark etdi. Undan hibs olib tashlandi.
Tramp sud mahkamasida 2 soatga yaqin ishtirok etdi.
Keyingi sud mahkamasi 4 dekabr kuniga belgilandi.
Mavzuga oid
11:30
AQSh Kongressida shatdaunning oldini olish uchun loyiha taqdim etildi
22:03 / 22.09.2024
Tramp debat o‘tkazish haqidagi Harris taklifini rad etdi
23:13 / 21.09.2024
Harris saylov kampaniyasida Trampdan uch barobar ko‘p mablag‘ to‘pladi - OAV
20:40 / 21.09.2024