Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Latviya armiyada majburiy harbiy xizmatga qaytishga qaror qildi
Latviyadagi harbiy xizmat bosqichma-bosqich - avval ixtiyoriy, keyin esa majburiy tarzda qaytariladi. Rigada harbiy xizmatga qaytish Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan keyin vaziyat o‘zgargani bilan izohlandi.
Latviya Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzkorligi fonida majburiy harbiy xizmatga chaqiruvni qayta tikladi. Latviya Seymi 5 aprel, chorshanba kuni uchinchi, yakuniy o‘qishda Davlat mudofaa xizmati (DXM) to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi, unga ko‘ra, harbiy xizmatga chaqiruv 1 iyuldan qayta tiklanadi.
Yil oxirigacha muddatli harbiy xizmatga chaqiruv ixtiyoriy, 2024 yil 1 yanvardan esa majburiy bo‘ladi. Latviyaning 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan barcha erkak fuqarolari armiyaga chaqiriladi. Voyaga yetganidan keyin ta’lim olishni davom ettiradigan erkaklar, oliy ma’lumot bundan mustasno, uni tugatgandan so‘ng chaqiriladi. Talabalar uchun imtiyozli davr mavjud.
Davlat mudofaa xizmati ikki turga bo‘linadi: to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy va fuqaro mudofaasi xizmati (Mudofaa vazirligi muassasalarida muqobil xizmat). Xizmat muddati - 11 oy. Latviyaning 18-27 yoshli fuqarolari, ham erkaklar, ham ayollar, ixtiyoriy ravishda armiyada xizmat qilishlari mumkin.
Latviya Mudofaa vazirligining xabar berishicha, dastlabki 300 nafar ko‘ngilli harbiy xizmatni yozda boshlaydi. Xuddi shu raqam 2024 yilning yanvarida chaqirilishi rejalashtirilgan. Rejaga ko‘ra, 2028 yildan boshlab 7500 nafargacha kishi harbiy xizmatga qabul qilinadi.