Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha Ukraina uchun NATOdan kengroq kafolatlar olishga harakat qilmoqda
Polsha prezidenti Duda NATOning Vilnyusdagi sammitida qo‘shimcha xavfsizlik kafolatlari masalasi ko‘tarilishiga va’da berdi. Varshava MiG-29 qiruvchi samolyotlari butun flotini Ukrainaga topshirishga tayyor.
Foto: AP
Polsha iyul oyida Litva poytaxti Vilnyusda bo‘lib o‘tadigan NATO sammitida Ukraina uchun NATOdan qo‘shimcha xavfsizlik kafolatlarini olishga harakat qiladi. «Biz NATOning Vilnyusda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi sammitida Ukraina uchun qo‘shimcha xavfsizlik kafolatlarini olishga harakat qilmoqdamiz, bu Ukrainaning harbiy salohiyatini kuchaytiradi», dedi Polsha prezidenti Anjyey Duda 5 aprel, chorshanba kuni Varshavada Polshaga tashrif buyurgan prezident Volodimir Zelenskiy bilan qo‘shma matbuot anjumanida.
Duda, shuningdek, Polsha o‘z ixtiyorida bo‘lgan barcha MiG-29 qiruvchilarini Ukrainaga berishga tayyorligini bildirdi. «Agar NATO ittifoqchilari bunga rozi bo‘lsa, kelajakda Varshava Kiyevga o‘zining 30 ta MiG samolyotlaridan iborat butun flotini topshirishi mumkin», dedi u. Polsha o‘zini Rossiya agressiyasidan himoya qilayotgan Ukrainaga harbiy yordamning eng muhim yetkazib beruvchilaridan biridir. Varshava allaqachon sakkizta MiG-29 qiruvchisini Kiyevga topshirgan.
Zelenskiy 5 aprel kuni Polshaga ilk rasmiy tashrifi bilan keldi. Tashrif dasturidan Polsha bosh vaziri Mateush Moravetsiy bilan uchrashuv, ikki tomonlama hujjatlarni imzolash, iqtisodiy forumda ishtirok etish va ukrain diasporasi vakillari bilan uchrashuv ham o‘rin olgan. Bu Zelenskiyning Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi boshlanganidan beri uchinchi xorijiy tashrifidir. 2022 yil dekabr oyida Ukraina prezidenti Vashingtonga, fevral oyi boshida esa London, Parij va Bryusselga tashrif buyurdi.
Zelenskiy Anjyey Duda bilan qo‘shma matbuot anjumanida Donetsk viloyatidagi Baxmutdagi vaziyatni juda og‘ir deb atadi, bu shahar Rossiya kuchlari tomonidan ommaviy hujumlar ostida qolmoqda. Zelenskiy Ukraina qo‘shinlari turli darajada muvaffaqiyat bilan kurashayotganini aytdi, ammo «dushman Baxmutni nazorat qilmayotganini» ta’kidladi.
Mavzuga oid
17:10 / 23.04.2026
Ukrainaning qotil robotlari: jang maydoni endi avvalgidek emasmi?
12:03 / 23.04.2026
Erdo‘g‘an Rossiya va Ukraina muzokaralarini qayta boshlashga bel bog‘ladi
19:30 / 22.04.2026
Sizranda Ukraina zarbasi oqibatida ko‘p qavatli uy pod’yezdi quladi
13:51 / 22.04.2026