Jahon | 08:27 / 06.04.2023
10395
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina chegara xizmati: Belarusda zarba beruvchi kuch yo‘q

Belarus Respublikasi hududida shimoldan Ukrainaga qarshi hujum boshlashi mumkin bo‘lgan zarba guruhlarini tuzish qayd etilmagan va tez orada Belarusdagi ruslar soni ikki baravar kamayadi, chunki 2000 ga yaqin Rossiya harbiylari sharqqa yuboriladi. Bu haqda Ukrainaning Liga.net nashri Davlat chegara xizmati vakili Andrey Demchenkoning so‘zlariga tayanib xabar bermoqda. 

Foto: Sergey Karpuxin / Reuters / Scanpix / LETA

Belarus bilan chegaradagi vaziyat to‘liq nazorat ostida qolmoqda va razvedka Ukraina hududiga bostirib kirishga tayyor bo‘lgan zarba beruvchi kuchlarni qayd etmayapti, dedi Demchenko 5 aprel kuni kechki brifingda.

Rossiya Belarusda taktik yadro qurollarini Polsha bilan chegarada joylashtiradi - Rossiyaning Minskdagi elchisi Boris Grizlovning aytishicha, yadro quroli «Yevropa va Amerika Qo‘shma Shtatlarining bayonotlariga qaramay», Rossiya va Belarus Ittifoq davlatining «g‘arbiy chegaralariga ko‘chiriladi». Bu haqda Belarusning BelTA davlat agentligi xabar berdi. 

Boris Grizlovning so‘zlariga ko‘ra, Belarus hududida taktik yadro qurollarini joylashtirish uchun omborxonalar 1 iyulgacha tayyor bo‘lishi kerak. 

25 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasining o‘z taktik yadro qurolini Belarus hududida joylashtirish niyati haqida ma’lum qildi. Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko belarus xalqi va parlamentiga murojaatida, agar kerak bo‘lsa, respublikada strategik yadro qurollari joylashtirilishi mumkinligini inkor etmadi. 

Putin Belarusda rus taktik yadro qurollarini joylashtirish uchun maxsus ombor qurilishi 1 iyulda yakunlanishi kerakligini ma’lum qildi. O‘nta samolyot ushbu turdagi qurollardan foydalanishga tayyor, «Iskander» tashuvchi kompleksi topshirildi, dedi Putin. Unga ko‘ra, ekipaj mashg‘ulotlari 3 apreldan boshlanadi. 

Mavzuga oid