Ziroat Mirziyoyeva Namanganda maktab-internatidagi bolalar bilan uchrashdi
Maktabning barcha o‘quvchilari tashxisdan o‘tkazilib, ularga eshitishni protezlash amaliyoti bajarildi.
Ziroat Mirziyoyeva Namangan viloyatining 46-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatidagi bolalar bilan uchrashib, samimiy suhbatlashdi va ular bilan birga muvaffaqiyatlar shodligini baham ko‘rdi.
«Zamin» fondining ko‘magi bilan maktabning barcha o‘quvchilari tashxisdan o‘tkazilib, ularga eshitishni protezlash amaliyoti bajarildi. Shuningdek, maktab zamonaviy assistiv uskunalar bilan ta’minlandi, informatika sinfi jihozlandi, robototexnika to‘plamlari yetkazildi. Informatika o‘qituvchilari maxsus metodologiya asosida o‘qitildi.
«Zamin Education» loyihasi doirasida «Zamin» fondi va «Digital Generation Uzbekistan» NNM «Raqamli Avlod Qizlari – 2023» respublika inklyuziv IT-oromgohini o‘tkazdilar.
Tadbirda 72 nafar qiz ishtirok etdi. Ular uch kun davomida grafik va raqamli dizayn, veb-dasturlash bo‘yicha bilimlarini oshirdilar va tanlov dasturlarida qatnashdilar. So‘ng o‘z loyihalarini tanlovga taqdim etdilar.
IT-oromgoh ishtirokchilari mehmonlarga o‘z natijalari va yangi loyihalari haqida hikoya qilib berdilar.
Tanlovning «Digital Art» yo‘nalishidagi g‘oliblar orasida 46-son ixtisoslashtirilgan maktabdan Usmonova Malika ham bor edi.
PS: Mirziyoyeva Ziroát Maxmúdovna (1964 yil 4 dekabr kuni tug‘ilgan, Qo‘qon shahri, Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston SSR) – jamoat arbobi, muhandis-iqtisodchi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning rafiqasi.
Ziroat Mirziyoyeva 1964 yil 4 dekabr kuni Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. 1986 yilda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini (hozirda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti) muhandis-iqtisodchi ixtisosligi bo‘yicha tamomlagan. O‘zbek, rus va ingliz tillarini biladi. Ikki nafar qizi va bir nafar o‘g‘li bor. Mumtoz va milliy musiqani xush ko‘radi, tarix bilan qiziqadi.
2020 yildan buyon O‘zbekistonda ochiq va inklyuziv muhitni yaratish orqali aholining yordamga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish, sog‘liqni saqlash va ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha qator xayriya loyihalarini amalga oshirayotgan “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisidir.
Fond faoliyatining ustuvor yo‘nalishi atrof-muhitni muhofaza qilishdan iborat. Ko‘kalamzorlashtirish, havo sifati monitoringini avtomatlashtirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, yoshlar orasida ekologik ta’limni rivojlantirish, olis hududlarda toza ichimlik suvi bilan ta’minlash kabi masalalar bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda.
Ijtimoiy va ekologik sohalardagi dolzarb masalalarga ko‘proq e’tibor qaratish maqsadida ham milliy, ham xalqaro darajada qator tadbirlarni o‘tkazmoqda.
Mavzuga oid
17:54 / 16.10.2024
«Zamin» fondi Qoraqalpog‘istondagi 180 ta maktabni suv tozalash uskunalari bilan jihozladi
07:10 / 19.07.2024
O‘zbekiston va Qirg‘iziston birinchi xonimlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
18:42 / 27.06.2024
Ziroat Mirziyoyeva Samarqanddagi “Mehrli maktab” o‘quvchilari bilan suhbatlashdi
23:06 / 14.06.2024