Jamiyat | 18:03 / 08.04.2023
12300
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentning bir qismida issiq suv o‘chiriladi

Toshkent IES faoliyati vaqtincha to‘xtatilishi munosabati bilan Toshkentning ayrim tumanlari ikki kun davomida issiq suvsiz qoladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Getty Images

Ma’lumotlarga ko‘ra, ishlarning to‘xtatilishi «O‘zsuvta’minot» kompaniyasi tomonidan sovuq suv quvurlarida olib borilayotgan ta’mirlash bilan bog‘liq. 

IES 10 aprel soat 09:00 dan 12 aprel 09:00 gacha ishlamaydi. Ta’mirlash ishlari tugallangach, suv ta’minoti tiklanadi. 

Issiq suv quyidagi manzillarda bo‘lmaydi:

Mirobod tumani 
Nukus, Oybek, Shevchenko, Shahrisabz, Chimkent, S.Baraka, S.Azimov, Afrosiyob, 1-Katta Mirobod, 7-Miranshoh, 1-Nukus, A.Temur, Fidokor, Buyuk Turon, Mirobod ko‘chalari, Gospitalnaya mavzesi;

Chilonzor tumani
1-10, 17-20a, Ye, Ts, I-24 mavzelari, Muqimiy, Lutfiy, Do‘mbirobod, Naqqoshlik, Chilonzor, Cho‘ponota ko‘chalari;

Mirzo Ulug‘bek tumani
A.To‘qay, O‘zbekiston ovozi ko‘chalari;

Shayxontohur tumani
Oqtepa mavzesi, Gulxaniy ko‘chasi, Oqtepa mikrorayon, Samarqand Darvoza, Yesenin, Nurafshon va Uvaysiy ko‘chalari;

Yunusobod tumani
Matbuotchilar, Sayilgoh, Sh.Rashidov ko‘chalari;

Yakkasaroy tumani
Bobur, X.Umarov, KHAY, A.Qahhor, Nukus, Kichik Beshyog‘och, X.Sulaymon, Glinka ko‘chalari, Bo‘shliq, Qushbegi mavzelari, 1-Bo‘shliq, Qushbegi, Cho‘ponota, Sh.Rustaveli, Bog‘ibo‘ston, 1-Yakkasaroy, 2-Yakkasaroy, Nurmuhammedov, Komila Yashin, Safdosh, Muqimiy, Suqrot, 1-Muqimiy, Shoxjahon, Akromxo‘jayev, Rakat, Imom At-Termiziy, O‘rikzor, 1-O‘rikzor, Jamshid Shoshiy, 1-Jamshid Toshiy, Belariq, Toshbuloq, Botir Boboyev, Askiya, Abdulla Avloniy, Yusuf Xos Hojib, Jiydazor, Bratislava, Rakatboshi, Mirobod, Qo‘hinur, Tafakkur, Bog‘saroy, Vohidov, Sarabo‘ston, Yunus Rajabiy, Samarqand, Afrosiyob, Sharof Rashidov ko‘chalari;

Sergeli tumani
S.Tolipov, M.Hadar, Oltin Vodiy ko‘chalari, Toshkent xalqaro aeroporti;

Yashnobod tumani
S.Azimov, Elbek, To‘ytepa, Istiqlol, Istiqbol, Shahrisabz, Maxtumquli ko‘chalari.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid