Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiqda Lacetti xandaqqa tushib ketdi
Qamchiq dovonida Lacetti avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. FVV qutqaruvchilari YTH oqibatlarini bartaraf etdi.
Bugun, 10 aprel kuni ertalab Toshkent – O‘sh xalqaro avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tuvchi 216-kilometrida yengil avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.
Toshkent tomon harakatlangan Lacetti haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida avtomobil xandaqqa tushib ketgan. Zudlik bilan voqea joyiga FVV «Qamchiq» maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari yetib kelgan. Qisqa vaqt mobaynida mashina yer yuzasiga ko‘tarilgan.
Hodisa vaqtida mashinada ikki kishi bo‘lib, ular jarohat olgan. Jarohatlanganlarga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
YTH oqibatlarini bartaraf etish jarayonida dovonda avtomobillar harakati to‘xtatilmagani aytiladi.
Mavzuga oid
11:33 / 16.05.2026
Samarqanddagi YTHda ikkita yuk mashinasi yonib ketdi
11:00 / 16.05.2026
Chilonzorda Tracker piyodani urib yubordi
00:40 / 16.05.2026
Olmaliqda mototsiklchi 14 yoshli piyodani urib yubordi
16:48 / 15.05.2026