Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya dunyodagi ilk dron tashuvchi kemasini foydalanishga topshirdi
U 10 ta vertolyot va 11 ta dronni sig‘dira oladi.
Foto: Erdoğan Dijital Medya
Turkiya dunyodagi birinchi TCG Anadolu jangovar uchuvchisiz samolyot tashuvchi kemasini foydalanishga topshirdi.
10 aprel kuni prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an dron tashuvchi kemani qurolli kuchlarga topshirish marosimida ishtirok etdi.
Kema ko‘p qirrali xususiyatga ega va yengil samolyot tashuvchi vazifasini ham bajarishi mumkin. U 10 ta vertolyot va 11 ta dronni sig‘dira oladi, angar sig‘imi — 19 ta vertolyot va 30 ta dron.
TCG Anadolu dron tashuvchisida Baykar Makina - Bayraktar TB3 va Kızılelma dronlari, shuningdek, jangovar AH-1W Super Cobra vertolyoti joylashtirilgan.
Kema 2019 yilda ishga tushirilgan va qabul sinovlari 2022 yil yozida yakunlangan.
Mavzuga oid
20:41 / 20.04.2026
Ukrainadagi urush robotlar va dronlar qarama-qarshiligiga aylanib bormoqda – OAV
09:01 / 14.04.2026
Rossiyadagi eng yirik fosforli o‘g‘it zavodi yana dronlar hujumiga uchradi
22:45 / 06.04.2026
Ukraina dron hujumlari soni bo‘yicha birinchi marta Rossiyani ortda qoldirdi – OAV
21:16 / 05.04.2026