Rossiyaga kerakli migrantlar soni hisoblab chiqildi
Tadqiqotchilar Rossiya aholisining o‘sishini migrantlarsiz ta’minlash mumkin emasligini ta’kidlamoqda.
Rossiya Oliy iqtisodiyot maktabi demograflari mamlakat uchun zarur bo‘lgan migrantlar sonini hisoblab chiqdi. Ekspertlar fikriga ko‘ra, aholi sonini saqlab qolish uchun Rossiyaga yiliga 390 mingdan 1,1 milliongacha migrantni jalb qilish kerak.
Tegishli tadqiqot Valeriy Yumaguzin va Mariya Vinnik tomonidan «Novaya ekonomicheskaya assotsiatsiya» jurnalida chop etilgan. Bu haqda Lenta.ru xabar berdi.
Olimlarning ta’kidlashicha, tug‘ilish va o‘limning turli ssenariylariga qarab, 2021-2023 yillarda kompensatsion migratsiyaning yillik o‘sish darajasi 460-1200 ming kishiga to‘g‘ri kelishi kerak.
Tadqiqotchilar Rossiya aholisining o‘sishini migrantlarsiz ta’minlash mumkin emasligini ta’kidladilar. Eng qulay sharoitlarda, agar har bir ayolga 2,5 bola to‘g‘ri kelsa, erkaklar va ayollarning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi mos ravishda 85,7 va 90,5 yoshgacha bo‘lsa, migrantlarning barqaror oqimiga bo‘lgan ehtiyoj 2036 yilgacha, aholi soni qisqarishi esa 2026 yilgacha davom etadi.
Salbiy ssenariyda har bir ayolga 1,4 bola to‘g‘ri kelishi (bu Italiya, Ispaniya va Gretsiyadan yuqori) va erkaklar bilan ayollarning o‘rtacha umr ko‘rishi mos ravishda 74,9 va 83,6 yoshga qisqarishi nazarda tutilmoqda.
Rossiya aholisi 2018 yildan buyon qisqarib bormoqda va 2023 yil boshida 146,45 million kishini tashkil etdi. Bu 2022 yil boshiga nisbatan 0,5 million kishiga kam.
Mavzuga oid
20:43
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi
19:33
Rossiyada migrant bolalarning rus tilini bilish darajasi tekshirilishi mumkin
17:53
O‘zbekiston oltin ishlab chiqaruvchi davlatlarning yetakchi o‘ntaligiga kirdi
21:00 / 12.11.2024