O‘zbekiston | 13:07 / 15.04.2023
4255
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ayollarning boshqaruv lavozimidagi ulushi 33 foizga yetdi 

O‘zbekiston Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parpiboyeva va Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) huzuridagi Ayollar taraqqiyoti tashkiloti ijrochi direktori Afnan al-Shuaybiy o‘rtasida onlayn-uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Shutterstock

Uchrashuvda qayd etilganidek, O‘zbekistonda ayollarning boshqaruv lavozimidagi ulushi 33 foizga, tadbirkorlik sohasida 37 foizga, siyosiy partiyalarda 46 foizga, oliy ta’limda 48 foizga yetdi. Tashabbuskor va faol ayollardan 2 ming nafarga yaqini davlat va jamoat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarida xizmat qilmoqda.

Afnan al-Shuaybiy O‘zbekiston rahbariyatining xotin-qizlarga e’tibori, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha sa’y-harakatini yuqori baholadi.

Muzokaralar natijasida qo‘shma tadbirlar o‘tkazish, xususan, joriy yil so‘nggiga qadar Samarqand shahrida Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar vakillari ishtirokida xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirishga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid