Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha va Vengriya Ukrainadan g‘alla olib kirishni taqiqladi
Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning savdo sohasidagi bir tomonlama harakatlari qabul qilinishi mumkin emas, deya ma’lum qildi YeK. Polsha va Vengriya avvalroq Ukrainadan g‘alla va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini olib kirishni taqiqlagan edi.
Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning savdo sohasidagi bir tomonlama harakatlari qabul qilinishi mumkin emas. Bu haqda 16 aprel, yakshanba kuni Yevrokomissiya (YeK) vakili ma’lum qildi. Uning bayonoti Polsha va Vengriya mahalliy qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini himoya qilish uchun Ukrainadan g‘alla va boshqa oziq-ovqat importini taqiqlashini e’lon qilganidan keyin e’lon qilindi.
Bryussel «Polsha va Vengriya bayonotlari»dan xabardor. «Shu nuqtayi nazardan, savdo siyosati Yevropa Ittifoqining mutlaq vakolati doirasida ekanligini va shuning uchun bir tomonlama harakatlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidlash zarur», — dedi YeI vakili.
«Bunday qiyin paytlarda Yevropa Ittifoqi doirasidagi barcha qarorlarni muvofiqlashtirish va uyg‘unlashtirish nihoyatda muhim», — deyiladi bayonotda.
Polsha hukumati Ukraina g‘allasi va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilishni taqiqladi, dedi hukmron «Qonun va adolat» partiyasi rahbari Yaroslav Kachinskiy 15 aprel kuni.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu harakat Ukrainadan arzonroq mahsulotlar kirib kelishi sababli inqiroz tahdidi ostida qolgan Polsha qishloq xo‘jaligi sektorini himoya qilish uchun zarur. «Biz Ukrainaning doimiy do‘sti va ittifoqchisi bo‘lganmiz va shunday bo‘lib qolamiz. Biz uni qo‘llab-quvvatladik va qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz. Lekin har bir davlat, har bir hukumatning burchi o‘z fuqarolari manfaatlarini himoya qilishdir», - dedi Kachinskiy va Varshava masalani hal qilish uchun Kiyev bilan muzokaralar olib borayotganini bildirdi. Importi man etiladigan mahsulotlarning to‘liq ro‘yxati 18 nomdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, jumladan sut, tuxum, sabzavot, go‘sht, asal va boshqa tovarlardan iborat.
Mavzuga oid
16:47
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026