Jahon | 16:36 / 17.04.2023
8436
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina: ozod qilinganlarning aksariyati asirlikda qiynoqqa solingan

Foto: AP

Rossiya asirligidan ozod etilgan ukrainalik harbiy xizmatchilarning katta qismi, ya’ni 86 foizi qiynoqlarga duchor bo‘lganini aytdi. Bunday ma’lumotlarni Oliy radaning inson huquqlari bo‘yicha vakili Dmitriy Lubinets «Ukrainska pravda» gazetasiga bergan intervyusida keltirdi

U Ukraina harbiylari qanday qiynoqlarga uchraganiga aniqlik kiritmadi va bu Rossiyada qolgan harbiy asirlarning yanada qattiqroq qiynoqlarga olib kelishi mumkinligini tushuntirdi. 

Lubinets, shuningdek, so‘nggi to‘qqiz oy ichida Ukraina Qurolli kuchlarining asirga olingan askarlari rossiyalik harbiylar tomonidan ommaviy qatl etilgani aks etgan o‘nlab videolavhalar kelib tushganini aytdi. 

Bundan oldin Ukraina yangi asirlar almashinuvi doirasida 130 kishini qaytargandi. Bu haqda prezident devoni rahbari Andrey Yermak aytib o‘tdi. 

Almashish bir necha kun davom etdi, dedi u. Shu bilan birga, u qancha odam Rossiya Federatsiyasiga o‘tkazilganiga aniqlik kiritmadi. Rossiya xabar e’lon qilingan vaqtda almashinuv haqida xabar bermadi.

Avvalroq Ukraina va Rossiya o‘rtasida yangi harbiy asirlar almashinuvi bo‘lib o‘tgandi

Ukraina prezidenti devonining rahbari Andrey Yermakning so‘zlariga ko‘ra, 100 kishi Rossiya asirligidan Ukrainaga qaytgan. 

O‘z navbatida, Rossiya Mudofaa vazirligi 106 nafar rossiyalik harbiy xizmatchi vataniga qaytganini ma’lum qildi.

Mavzuga oid