«Pasxa. Bu bayramning kvintessensiyasi umiddir. Aynan şuni uzoq vaqtdan beri kutgan asirlarning yaqinlari his qilişdi», - deb yozdi Yermak ijtimoiy tarmoqlarda. 

Şu bilan birga, u qança odam Rossiya Federatsiyasiga ötkazilganiga aniqlik kiritmadi. Rossiya xabar e’lon qilingan vaqtda almaşinuv haqida xabar bermadi.

Avvalroq Ukraina va Rossiya örtasida yangi harbiy asirlar almaşinuvi bölib ötgandi. 

Ukraina prezidenti devonining rahbari Andrey Yermakning sözlariga köra, 100 kişi Rossiya asirligidan Ukrainaga qaytgan. 

«Bular harbiylar, dengizçilar, çegaraçilar, milliy gvardiyaçilar. Ular orasida Mariupol, «Azovstal», Hostomel himoyaçilari ham bor. Ba’zi odamlar oğir jarohat olgan, kasalliklarga çalingan», - deb yozdi u Telegram-kanalida.

Öz navbatida, Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi 106 nafar rossiyalik harbiy xizmatçi vataniga qaytganini ma’lum qildi.