Jahon | 08:18 / 17.04.2023
9191
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina yana 130 kishini asirlikdan qaytardi

Ukraina yangi asirlar almashinuvi doirasida 130 kishini qaytarmoqda, dedi prezident devoni rahbari Andrey Yermak. Almashish bir necha kun davom etdi, dedi u. 

Foto: Telegram / ermaka2022

«Pasxa. Bu bayramning kvintessensiyasi umiddir. Aynan shuni uzoq vaqtdan beri kutgan asirlarning yaqinlari his qilishdi», - deb yozdi Yermak ijtimoiy tarmoqlarda. 

Shu bilan birga, u qancha odam Rossiya Federatsiyasiga o‘tkazilganiga aniqlik kiritmadi. Rossiya xabar e’lon qilingan vaqtda almashinuv haqida xabar bermadi.

Avvalroq Ukraina va Rossiya o‘rtasida yangi harbiy asirlar almashinuvi bo‘lib o‘tgandi

Ukraina prezidenti devonining rahbari Andrey Yermakning so‘zlariga ko‘ra, 100 kishi Rossiya asirligidan Ukrainaga qaytgan. 

«Bular harbiylar, dengizchilar, chegarachilar, milliy gvardiyachilar. Ular orasida Mariupol, «Azovstal», Hostomel himoyachilari ham bor. Ba’zi odamlar og‘ir jarohat olgan, kasalliklarga chalingan», - deb yozdi u Telegram-kanalida.

O‘z navbatida, Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi 106 nafar rossiyalik harbiy xizmatchi vataniga qaytganini ma’lum qildi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid