Ukraina prezidenti devonining rahbari Andrey Yermakning sözlariga köra, 100 kişi Rossiya asirligidan Ukrainaga qaytgan. 

«Bular harbiylar, dengizçilar, çegaraçilar, milliy gvardiyaçilar. Ular orasida Mariupol, «Azovstal», Hostomel himoyaçilari ham bor. Ba’zi odamlar oğir jarohat olgan, kasalliklarga çalingan», - deb yozdi u Telegram-kanalida.

Öz navbatida, Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi 106 nafar rossiyalik harbiy xizmatçi vataniga qaytganini ma’lum qildi. 

Mudofaa vazirligining ma’lumotlariga köra, ozod qilingan rossiyalik asirlar Rossiya Aerokosmik kuçlari harbiy-transport aviatsiyasi samolyotlari bilan idoraning tibbiyot muassasalarida davolaniş va reabilitatsiya qiliş uçun Moskvaga yetkaziladi.