Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonning sobiq prezidenti rafiqasi Nazarboyeva familiyasidan voz kechdi – OAV
82 yoshli Sora Nazarboyeva endi qizlik familiyasiga qaytgani aytilmoqda.
Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning rafiqasi Sora Nazarboyeva uning familiyasidan voz kechdi, deb yozdi Arbat Media.
Nursulton Nazarboyev va Sora Nazarboyevaning ajrashgani haqida rasmiy xabar berilmadi, Nursulton Nazarboyev jamg‘armasi va birinchi prezident rasmiy saytida Sora Alpisovna hanuzgacha uning rafiqasi ekani haqida ma’lumot bor.
Biznes reyestrlarga ko‘ra, mamlakatning sobiq birinchi xonimi «Nazarbayeva Sara Alpisovna» nomi bilan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Ammo uning rahbari Sora Alpisqizi Qonaqay sanaladi, bu uning 1962 yilda Nursulton Nazarboyev bilan turmush qurishdan oldingi qizlik familiyasi.
Qayd etilishicha, Nazarboyevning rafiqasi 2005-2012 yillar oralig‘ida familiyasini o‘zgartirgan bo‘lishi mumkin. Chunki «Dochernyaya kompaniya Narodnogo Banka Kazaxstana po straxovaniyu jizni «Xalyk-Life» AJ affillangan shaxslari ro‘yxatiga 2012 yil 4 fevraldan kiritilgan.
82 yoshli Sora Alpisovnaning Nursulton Nazarboyevdan uch farzandi bor: 59 yoshli Darig‘a Nazarboyeva, 43 yoshli Aliya Nazarboyeva va 55 yoshli Dinara Qulibayeva.
Mavzuga oid
20:26 / 25.06.2026
To‘qayev internetdagi ko‘zbo‘yamachilik va «oson pul» madaniyatini qoraladi
19:57 / 24.06.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
10:25 / 24.06.2026
To‘qayev va YeI yetakchilari hamkorlikning yangi bosqichini boshladi
18:07 / 22.06.2026