O‘zbekiston | 18:50 / 20.04.2023
16339
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

#InsonQadriUchun: Korzinka 400dan ziyod tovarlar narxini tushirdi

Foto: Korzinka

Narxlar pasayishi 10%dan 32%gacha arzonlashuvni tashkil etib, import oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini qamrab oldi.

2023 yilning 23 mart sanasida O‘zbekistondagi yirik supermarketlar tarmog‘i – “Korzinka” hukumatning 36 toifadagi tovarlarga bojlarni bekor qilish tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan holda birinchilardan bo‘lib tovarlar narxining pasaytirilishi haqida e’lon qildi.

Chegirmalarning ilk to‘lqinida 231 tovarlar narxi pasaytirildi. Korzinka vakillarining xabar berishicha, narxlar pasaytirilishi faqatgina farmon qonuniy kuchga kirganidan so‘ng keltiriladigan mahsulotlar uchungina emas. Bojlari to‘lanib, avvalroq olib kelingan tovarlarning narxini ham kompaniyaning o‘z tashabbusi bilan pasaytirilgan.

“Ushbu imtiyozlar, birinchi navbatda, barcha iste’molchilar uchun taqdim etilgan va biz bu yangilik bo‘yicha sa’y-harakatlarni aholiga yanada tezroq yetib borishiga harakat qildik. Shu tarzda biz, bojdan xoli toifalardagi tovarlarning yangi partiyasi kelishini kutmasdan, aksiyani #InsonQadriUchun deya nomlab, ularning narxini ham pasaytirishga qaror qildik”, — “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i asoschisi Zafar Hoshimov bu holatni shunday izohlaydi.

Ikki hafta o‘tgach, pasaytirilgan narxlar bo‘yicha tovarlar soni 200 pozitsiyaga ortdi. Yangi narxdagi barcha mahsulotlar bilan kompaniyaning rasmiy saytidagi maxsus katalogga o‘tib, tanishish mumkin.

“Bu hali biz taqdim etayotgan chegirmalarning birinchi to‘lqini xolos. Turli tahlil va baholashlarga ko‘ra, narxlar pasaytirilishi bojlardan ozod qilingan, belgilangan toifalarga mos keluvchi 1000 dan ortiq nomdagi tovarlarni qamrab oladi”, — deya ta’kidlaydi “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i tijoriy direktori Sherzod Mahmudov.

Pasaytirilgan narxdagi tovarlar soni oshib borishiga qarab, katalogdagi assortiment ham kengayib boradi. Korzinka yangiliklari va aksiyalarini esa kompaniyaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari va rasmiy saytida kuzatib borish mumkin.

Telefon: (+998) 78−140−14−14.

Facebook: fb.com/korzinkauz

Instagram: @korzinkauz

Telegram: t.me/korzinka_uzb

Reklama

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid