Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva viloyatida Ukraina droni quladi
Moskva viloyatining Bogorodskiy shahar okrugida dron qulab tushdi. Ma’lumot TASS axborot agentligiga huquq-tartibot idoralarida tasdiqlangan.
Dron qulab tushishi haqida Baza, Mash va Shot Telegram-kanallari ham xabar bergan. Qayd etilganidek, dron Noginsk yaqinida qulagan, UUA mahalliy aholi tomonidan o‘rmondan topilgan.
Telegram-kanallar ma’lumotlariga ko‘ra, UUA 17 kg portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan. Gap Ukrainada ishlab chiqarilgan UJ-22 Airborne droni haqida ketmoqda. Bunday dronning uchish masofasi 800 kilometrgacha.
Ilgari bunday dron Moskva viloyatining Kolomenskiy tumanida, Gubastovo qishlog‘i yaqinidagi «Gazprom» gaz kompressor stansiyasi hududiga qulagan edi, deb eslatib o‘tgan «Novaya gazeta Yevropa».
Mavzuga oid
15:20 / 09.06.2026
Harbiy havo kuchlari jangovar qo‘mondonligi tashkil etildi
08:23 / 03.06.2026
Rossiya: Leningrad viloyatida 30 ta dron urib tushirildi
20:25 / 01.06.2026
Rossiyada yangi reja: masofaviy urush
21:30 / 17.05.2026