Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Rossiya bilan hamkorlikda ikkinchi texnopark ochildi
«Jizzax» texnoparkida kamida 36 ta rezident kompaniyani joylashtirish rejalashtirilgan, ularga yer uchastkalari va binolar ijara yoki sotib olish asosida beriladi.
Foto: Tatariston Respublikasi Sanoat va savdo vazirligi
O‘zbekistonning «O‘zkimyosanoat» davlat xoldingi Rossiyaning «Ximgrad» (Tatariston) texnopolisi bilan birgalikda 24 aprel kuni Jizzaxda xuddi shu nomdagi texnoparkni ochdi.
«Jizzax» texnoparki erkin iqtisodiy zona maqomiga ega. Uni tashkil etish uchun maydon sifatida Jizzax Plastmassa korxonasi hududi tanlangan.
«Texnopark O‘zbekiston hududida Rossiya kompaniyalari ishlab chiqarishini mahalliylashtirish hamda ikki davlat korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga mo‘ljallangan», deyiladi xabarda.
«Ximgrad» tomonidan ishlab chiqilgan bosh rejaga ko‘ra, texnoparkning maydoni 13,6 gektar, rekonstruksiya va yangi qurilish obektlarining umumiy maydoni 72 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Maydon kompleks muhandislik infratuzilmasiga ega. Texnoparkda kamida 36 ta rezident kompaniyani joylashtirish rejalashtirilgan, ularga yer uchastkalari va binolar ijara yoki sotib olish asosida beriladi.
«Jizzax» - Tatariston va O‘zbekistonning ikkinchi qo‘shma texnoparkidir. Birinchi texnopark – «Chirchiq» 2022 yil mart oyida Chirchiq shahrida ochilgan. Ayni paytda texnoparkda umumiy sarmoyasi 127 million dollar bo‘lgan 20 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid
20:03 / 05.04.2026
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchilarning 2 million rubl ish haqi undirib berildi
13:42 / 31.03.2026
O‘zbekistonda 2026 yil boshida qanday avtomobillar sotildi?
13:09 / 31.03.2026
2025 yilda O‘zbekistonda real ish haqining o‘sishi tezlashdi
15:37 / 25.03.2026