O‘zbekiston | 09:57 / 25.04.2023
7863
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryodagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi

Hodisa oqibatida bir nafar fuqaro tan jarohati olgan va shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: ijtimoiy tarmoqlar

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xabar berishicha, hodisa 2023 yil 24 aprel kuni soat 21:49 larda sodir bo‘lgan.

Kitob tumani “Guliston” MFYda joylashgan 4 qavatli uyning 13-xonadonida gaz-havo aralashmasi portlagan.

Portlash zarbi xonadondagi eshik va derazani o‘z o‘rnidan uzib yuborgan. Oqibatda bir nafar fuqaro yengil tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, voqea joyiga darhol Kitob tuman FVB, IIB, SSB, gaz ta’minoti bo‘limi hamda prokuratura mas’ullari chiqishgan. Holat yuzasidan tegishli soha vakillari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid