Yaponiya va YeI Rossiyaga eksportni to‘liq taqiqlashga qarshi chiqdi
YeI va Yaponiya AQShning G7 davlatlariga Rossiyaga barcha eksportni taqiqlash taklifiga qarshi chiqdi va bunday harakatni amalga oshirish mumkin emasligini aytdi, deb xabar bermoqda Financial Times.
“Bizning nuqtayi nazarimizga ko‘ra, buning iloji yo‘q”, — deya iqtibos keltiradi nashr 19—21-may kunlari Xirosimada bo‘lib o‘tadigan G7 sammitiga tayyorgarlik bilan shug‘ullanuvchi rasmiyning so‘zlaridan.
Avvalroq Bloomberg agentligi AQSh va Ukrainaning boshqa bir qancha asosiy ittifoqchilari Rossiyaga eksportga deyarli to‘liq taqiq qo‘yish masalasini ko‘rib chiqayotgani, may oyida Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan "katta yettilik" sammitida esa Yevroittifoq mamlakatlarini muhokamaga jalb etish rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edi.
Bu amaldagi sanksiyalar rejimini butunlay o‘zgartiradi. Agar hozirda Rossiyaga barcha tovarlarni, sanksiyalanganlardan tashqari, yetkazib berishga ruxsat berilsa, yangi yondashuv bilan, istisno qilingan tovarlar bundan mustasno, barcha tovarlar taqiqlanadi.
Mavzuga oid
10:47
Rossiya 145 ta dron bilan Ukrainaning yirik shaharlariga hujum qildi
13:30 / 10.11.2024
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
15:10 / 09.11.2024
Rossiyada kartoshka va sariyog‘ narxi ko‘tarilishda davom etmoqda
14:30 / 09.11.2024