Jahon | 09:44 / 26.04.2023
4487
2 daqiqa o‘qiladi

JAR Xalqaro jinoiy suddan chiqish rejalarini rad etdi

Avvalroq mamlakat XJSdan chiqish niyatini e’lon qilgan Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Siril Ramaposa ma’muriyati hukmron partiyaning izohidagi xatoga ishora qildi.

Foto: Marina Riera/Human Righs Watch

Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) prezident Siril Ramaposaning so‘zlariga zid ravishda Xalqaro jinoiy suddan (XJS) chiqishni rejalashtirmayapti. Bu haqda, AFP xabariga ko‘ra, 25 aprel, seshanba kuni davlat rahbari ma’muriyatida ma’lum qilingan. JAR Rim statutining "imzolovchisi bo‘lib qolmoqda" va "xalqaro huquqning teng va izchil qo‘llanishi uchun kampaniyani davom ettiradi", deya ishontirdi ma’muriyat hamda Ramaposa hukmron "Afrika milliy kongressi" (AMK) partiyasining pozitsiyasini noto‘g‘ri ma’qullaganini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

Bir kun avval Finlandiya prezidenti Sauli Niinistyo bilan birgalikda o‘tkazilgan matbuot anjumanida so‘zga chiqqan Siril Ramaposa AMK mamlakatning XJSdan chiqish niyati haqida qaror qabul qilganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sud ba’zi davlatlarga nisbatan adolatsiz munosabat ko‘rsatgani uchun qaror qabul qilingan. "Biz adolatsiz munosabat masalasi to‘g‘ri muhokama qilinishini istardik, ammo hozircha hukmron partiya ishtirok etishdan bosh tortish kerak degan qarorga keldi", dedi Ramaposa o‘z nutqida.

AFP xabariga ko‘ra, “Afrika milliy kongressi” ijroiya qo‘mitasining XJS yurisdiksiyasidan chiqish ehtimolini muhokama qilgan yig‘ilishi 24 aprel kuni yakuniga yetdi. 25 aprel oqshomida AMK qo‘mita “teng bo‘lmagan XJS qonunlarining tanlab qo‘llanish”ni muhokama qilganini aytdi. Shu tariqa, “taassurot paydo bo‘lishi mumkinki, XJSdan zudlik bilan chiqish to‘g‘risida qat’iy qaror qabul qilingan. Bunday emas”, — deya qo‘shimcha qildi JAR ma’muriyati.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid