Jahon | 09:00 / 26.04.2023
3935
2 daqiqa o‘qiladi

Litva parlamenti noqonuniy muhojirlar chiqarib yuborilishini qonuniylashtirdi

Chegarani noqonuniy buzganlar favqulodda holat yoki xorijliklarning katta oqimi bilan bog‘liq inqirozli vaziyatda qo‘lga olinishi va deportatsiya qilinishi mumkin.

Foto: E. Blaževič

Litva parlamenti chegarani noqonuniy kesib o‘tgan muhojirlarni chiqarib yuborishni qonuniylashtiruvchi munozarali qonunni qabul qildi. Vilnyusdagi Seymda 25 aprel, seshanba kuni “Davlat chegarasi va uni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunga tegishli o‘zgartirishlar kiritish uchun 86 deputat ovoz berdi, 8 nafari qarshi, 20 nafari esa betaraf qoldi. Qonun 3 maydan kuchga kirishi kerak. Bu vaqtgacha uni prezident Gitanas Nauseda imzolashi lozim.

Germaniyaning dpa agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, qonun kuchga kirgandan so‘ng, chegarani noqonuniy buzganlar favqulodda holat yoki chet elliklarning ko‘p oqimi bilan bog‘liq inqirozli vaziyatda qo‘lga olinishi va deportatsiya qilinishi mumkin. Ushbu qoida chegara hududlarida va quruqlikda 5 kilometrgacha bo‘lgan masofada amal qiladi.

Inson huquqlari tashkilotlari, ularning fikricha, xalqaro huquqni buzuvchi choralarni qonuniylashtiradigan hujjatni keskin tanqid qildi.

Yevropa Kengashining Inson huquqlari bo‘yicha komissari Dunya Miyatovich Litvani boshpana izlovchilarga nisbatan xalqaro majburiyatlarini bajarishga chaqirdi. U qonun loyihasining qabul qilinishi bo‘yicha qattiq ogohlantirdi.Xalqaro qonunlarga ko‘ra, migrantlar boshpana so‘rash huquqiga ega va boshpana so‘ramoqchi bo‘lganlarni hayoti yoki farovonligi xavf ostida bo‘lishi mumkin bo‘lgan joylarga yuborish taqiqlanadi. Litva Inson huquqlari markazi Nausedani qonun loyihasiga veto qo‘yishga chaqirdi.

Mavzuga oid