O‘zbekiston | 12:13 / 28.04.2023
6549
1 daqiqa o‘qiladi

Dam olish kunlari havo ochiq va quyoshli bo‘lishi kutilmoqda

Bugun O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon Toshkent viloyatida, shuningdek, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi havo harorati +28...+33 darajani tashkil etadi.

Foto: Kun.uz

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, dam olish kunlari mamlakat hududining katta qismida havo ochiq va quyoshli bo‘lishi kutilmoqda. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Yakshanba kuni respublikamizning shimoli-g‘arbiy hududlari bo‘yicha shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +11...+16 daraja, kunduzi +28...+33 daraja atrofida bo‘ladi.

Poytaxtda bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 28-30o bo‘ladi.

Dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +13...+15 daraja, kunduzi +29...+31 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid