13:49 / 28.04.2023
7707

Shavkat Mirziyoyev yozda Italiyaga tashrif buyurishi rejalashtirilyapti

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev iyun oyida Italiyaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda, deya ma’lum qildi Italiya mudofaa vaziri Guido Krozetto.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yozda Italiyaga tashrif buyuradi. Bu haqda 26 aprel kuni Toshkentga tashrif buyurgan Italiya mudofaa vaziri Guido Krozetto Italiyaning Vista agentligiga ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyevning Italiya prezidenti Serjio Mattarella, bosh vazir Jorja Meloni va tashqi ishlar vaziri Antonio Tajani bilan muzokaralari rejalashtirilgan.

Guido Krozetto O‘zbekiston prezidentining Rimga tashrifi mamlakatlar o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikning yangi bosqichini boshlashini ta’kidladi.

Italiya mudofaa vaziri O‘zbekistonga tashrifi doirasida mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov va mamlakat prezidenti bilan uchrashdi.

Top