O‘zbekiston | 13:17 / 29.04.2023
44486
3 daqiqa o‘qiladi

Kelgusi hafta boshida qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi

Sinoptiklar 1-3 may kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Foto: Kun.uz

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, 1-2 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 3 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 1 mayda kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +29...+34 daraja,  2 mayda kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +27...+32 daraja,  3 mayda kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +23...+28 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 1-2 mayda kechasi +13...+18 daraja, kunduzi +30...+35 daraja,  3 mayda kechasi +13...+18 daraja, kunduzi +27...+32 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 1 may kechasi +11...+16 daraja, kunduzi +28...+33 daraja,  2-3 mayda kechasi +11...+16 daraja, kunduzi +25...+30 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 1-2 mayda kechasi +13...+18 daraja, kunduzi +32...+37 daraja, 3 mayda kechasi +13...+18 daraja, kunduzi +30...+35 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 1 mayda kechasi +11...+16 daraja, kunduzi +28...+33 daraja,  2-3 mayda kechasi +11...+16 daraja, kunduzi +26...+31 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi,  momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +18...+23 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid