O‘zbekiston | 09:03 / 02.05.2023
6441
1 daqiqa o‘qiladi

O‘z vaqtida olinmagan pensiyani to‘lash muddati 24 oygacha uzaytirilmoqda

Prezident farmoni bilan 2024 yilning 1 yanvardan boshlab pensionerga hisoblangan, lekin o‘z vaqtida olinmagan pensiyani to‘lash muddati 24 oyga uzaytirilishi ko‘zda tutilgan.

Foto: Kun.uz

Pensiya jamg‘armasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, ayrim hollarda uzoq vaqt davomida chet elda bo‘lgan yoki turli sabablarga ko‘ra pensiya pulini olmagan pensionerlarga hisoblab chiqarib qo‘yilgan, lekin uning tomonidan o‘z vaqtida talab qilib olinmagan pensiya pulini olish maqsadida murojaat etilganidan oldingi 12 oydan oshmagan davr uchun to‘lanib kelingan.

Mazkur tartib amaliyotga joriy etilishi natijasida, 2024 yilning 1 yanvaridan boshlab yiliga 2,5 ming nafarga yaqin pensionerlarga hisoblab chiqarib qo‘yilgan, lekin ular tomonidan o‘z vaqtida talab qilib olinmagan pensiya pullarini murojaat etilganidan oldingi 24 oydan oshmagan davr uchun to‘lab berish imkoniyati yaratiladi.

Ma’lumot uchun, prezidentning 2023 yil 28 fevraldagi tegishli farmoniga asosan mazkur tartib 2024 yil 1 yanvardan boshlab amalga tatbiq etiladi.

Mavzuga oid