1 martdan boşlab, Özbekistonda yoşga doir pensiyani fuqaroning murojaatisiz, avtomatik ravişda tayinlaşga ötiladi. Pensiya jamğarmasi mas’uli Mansur Qöçqorov Kun.uz bilan suhbatda bu yangilik bilan nima özgarişi, pensiya miqdoridan norozi bölganlar qanday yöl tutişi va avtomatik tayinlov yana qaysi pensiyalarga nisbatan tatbiq etilişi haqida ma’lumot berdi.
– Yoşga doir pensiyalarni tayinlaş proaktiv tizimga ötyapti. Bundan odamlar nimani tuşunişi kerak?
– Şu kungaça amalda bölgan tartibga köra, yoşga doir pensiya tayinlaş uçun fuqaroning özi pensiya jamğarmasiga murojaat etişi közda tutilgan. Oldingi davrlarni köradigan bölsak, fuqaroning özi pensiya jamğarmasiga töğridan töğri borib, töliq hujjatlarni taqdim etişi kerak edi. 2024 yil 1 yanvardan Davlat pensiya jamğarmasi, davlat xizmatlari markazi yoki my.gov orqali murojaat qiliş közda tutilgandi. [Joriy yil] 1 martdan kuçga kiradigan tartibga köra, yoşga doir pensiya proaktiv tizim asosida tayinlanadi, bunda “Fuqarolarning pensiya ta’minoti töğrisida”gi qonunning 7-moddasiga asosan, erkaklar 60, ayollar 55 yoşga tölgandan keyin alohida murojaatsiz pensiya tayinlaş közda tutilyapti.
– Umuman, odamlar uçun nima özgaradi? Pensiya oladigan odamlar köpayadimi yoki kamayadimi?
– Oşadi, çunki köplab fuqarolar mehnat daftarçamni yöqotib qöyganman [deyişi] yoki hujjatlarni yiğişda ovoragarçiliklarga [duç kelişi mumkin]. Byurokratiya yöqolib, hamma ma’lumotlar raqamlaşganidan keyin, fuqaroning murojaatisiz [uning staji haqidagi ma’lumotlarni] axborot tizimlari orqali oliş imkoniyati tuğiladi.
Pensiya proaktiv tayinlangandan keyin tölov qaysi şaklda amalga oşirilişi fuqaroning xohişiga qarab böladi. U xohlasa naqd, xohlasa tijorat banklari orqali kartalar oçilsa, kartaga tuşirib beriladi. Hozir köpçilik SMS borganidan keyin plastik oçtirişga ulgurmasligi mumkin, bunda Xalq bankidan naqd pul olişi mumkin. Agar xohlasa, keyinroq kartaga ötkaziladi.
– Fuqarolarga proaktiv tarzda pensiya tayinlanganidan keyin ular mehnat faoliyatini davom ettirişi mumkinmi?
– Albatta. Tayinlangan pensiya miqdori bunga ta’sir qilmaydi.











