Iqtisodiyot | 00:23 / 17.02.2025
18455
2 daqiqa o‘qiladi

Mart va avgustdan oyliklar va pensiyalar oshishi haqidagi mish-mish rad etildi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi ish haqi, pensiya va nafaqalarning oshirilishiga oid tarqalayotgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi. Vazirlik fuqarolarni ishonchli manbalarga tayanishga chaqirdi.

Foto: Kun.uz

Iqtisodiyot va moliya vazirligi ish haqi, pensiya va nafaqalarning oshishi haqida tarqalayotgan xabarlarga munosabat bildirdi.

«Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda ish haqi, pensiya va nafaqalarning 2025 yil 1 martdan va 1 avgustdan 10 foizga oshirilishi to‘g‘risida xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilamiz», — deyiladi munosabatda.

Qayd etilishicha, ish haqi va pensiyalar bo‘yicha har qanday rasmiy ma’lumotlar tegishli davlat organlarining rasmiy manbalari orqali e’lon qilinadi.

Vazirlik fuqarolarni ishonchli manbalarga tayanishga va tekshirilmagan xabarlarni tarqatmaslikka chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda oxirgi marta 2024 yil sentabrda pensiyalar va nafaqalar 15 foizga oshirilgan edi. Shuningdek, 1 oktyabrdan e’tiboran budjyet tashkilotlari xodimlarining maoshi 10 foizga, o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining maoshi esa 15 foizga ko‘tarilgan.

2024 yil 1 sentabrdan boshlab pensiyalar va nafaqalar miqdori:

  • pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 428 000 so‘m;
  • yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 834 000 so‘m;
  • nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 920 000 so‘m etib belgilangan.

Mavzuga oid