O‘zbekiston | 16:59 / 03.05.2023
10895
2 daqiqa o‘qiladi

Golden House’dan ikkinchi eko-mavze – AssalomBogʻlar

Foto: Golden House

 “AssalomBogʻlar” eko-mavzeyi – Golden House kompaniyasidan ikkinchi keng ko‘lamli loyiha bo‘ldi.

Noyob eko-mavze poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida, shahar shovqinidan uzoqda joylashgan. Bu yerdan Botanika bog‘iga piyoda borish mumkin.

Yangi ekologik mavze bir qator afzalliklarga ega. Ekologiya nuqtai nazaridan ushbu joylashuv — nihoyatda maqbul joy. Loyiha zamonaviy yorqin shahar hayotini tabiat sokinligi va osoyishtaligi bilan o‘zaro uyg‘unlashtiradi.

Mavjud bo‘lgan ko‘kalamzorlashtirish, mevali daraxtlarni imkon qadar saqlab qolish, hovlining favvoralar bilan bezatilgan landshaft dizayni hamda Yevropa dizayn standartlari asosida inson organizmi uchun noyob va shifobaxsh mikroiqlim yaratilmoqda.

Hudud funksional zonalashtirish tamoyiliga muvofiq obodonlashtirilgan. Shinam hovlida faol dam olish uchun o‘yin maydonchalari hamda bolalar o‘yingohlari, sayr va hordiq chiqarish, sport mashg‘ulotlari va bolalar bilan birgalikda vaqt o‘tkazish uchun barcha sharoitlar mavjud. Ushbu jihatlar eko-mavze aholisining ko‘ngilochar mashg‘ulotlari va dam olishi uchun turli imkoniyatlar yaratadi.

Biz quvvat tejovchi, ovoz o‘tkazmaydigan, suvni tozalash, avtomatik sug‘orish tizimlari, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha o‘z standartlarimizdan, shuningdek, umumiy foydalanish joylarini qurish hamda pardozlashda bir qator ekologik toza materiallardan foydalanamiz va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llaymiz.

Aholining xavfsizligini kecha-yu kunduz ishlaydigan videokuzatuv tizimi, bevosita eko-mavze hududida mavjud bo‘lgan qo‘riqlash xizmati va avtomobillarsiz hovli ta’minlab beradi.

 "AssalomBogʻlar" eko-mavzeyi – bu inson hayoti uchun funksional va qulay muhit sanaladi. Ushbu go‘shada shahardagi ekologik turmush tarzining yangi obrazi yaratilmoqda.

Reklama

Mavzuga oid