Jahon | 08:36 / 04.05.2023
20806
1 daqiqa o‘qiladi

ISW: Rossiya Kremlga dronlar hujumini sahnalashtirgan bo‘lishi mumkin

Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) tahlilchilari fikricha, Rossiya tomoni jamiyatni kengroq safarbar qilish uchun sharoit yaratish maqsadida Kremlga uchuvchisiz uchoqlar hujumini sahnalashtirgan bo‘lishi mumkin. 

Videodan kadr

ISW hisobotida qayd etilishicha, uchuvchisiz uchoqlar Moskvada o‘rnatilgan havo hujumidan mudofaa tizimlarining bir necha qatlamini yengib o‘ta olishi dargumon edi. 

Kreml uzra dronlar portlashining nisbatan yaxshi tasvirlari ham shubhalarni kuchaytiradi. 

"Kremlning voqeaga zudlik bilan, izchil va muvofiqlashtirilgan munosabati hujumning ichki tomondan shunday uyushtirilganligidan dalolat beradiki, bunda uning ehtimoliy siyosiy oqibatlari sharmandalikdan ko‘ra ko‘proq", deya ta’kidladi ISW.

Shu tariqa, Kreml Ukrainadagi urushni Rossiya uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri ekzistensial tahdid sifatida ko‘rsatish uchun axborot kampaniyasini kuchaytirish niyatida, deya xulosa qiladi tahlilchilar.

Mavzuga oid