Jahon | 20:12 / 04.05.2023
9795
2 daqiqa o‘qiladi

Kiyev qarshi hujum vaqti haqida hali qaror qilmadi – AQSh razvedkasi 

Qarshi hujum 2023 yil bahori yoki yozida boshlanishi mumkin. 

Foto: AP

AQSh Milliy razvedka boshqarmasi direktori Evril Xeyns so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hukumati urushda qarshi hujumning aniq ustuvorliklarini belgilash va uning muddati bilan ko‘lami ustida ishlamoqda. 

Ukraina Qurolli Kuchlari (UQQ) 2023 yil bahorida yoki yozida ehtimoliy qarshi hujumga e’tibor qaratmoqda. 

«G‘arbning qo‘llab-quvvatlashi ham rejalar, ham kuchlarni tayyorlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi», dedi u Kongress Senatining Qurolli kuchlar qo‘mitasidagi chiqishida. 

Xeynsning fikricha, AQSh tomonidan Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatilishi «Ukrainaning muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlarini oshiradi». 

«Ukrainaning qarshi hujumi to‘liq muvaffaqiyatga erishmagan taqdirda ham, AQSh razvedkasi bu yil Rossiyadan «muhim hujum operatsiyalari»ni kutmayapti. Rossiya kuchlari hozirda yangi mudofaa pozitsiyalarini tayyorlamoqda», dedi u. 

Xeynsning ta’kidlashicha, hozirda janglar asosan Baxmut va Avdiivka hududida ketmoqda. 

«Qo‘shinlarning hech biri hal qiluvchi ustunlikka ega emas va janglar har kuni yuzlab metrlar uchun ketyapti», dedi u. 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid