Jahon | 09:25 / 04.05.2023
8659
2 daqiqa o‘qiladi

Respublikachilar Baydenni korrupsiyaga aloqadorlikda aybladi

Ikki respublikachi FTB va Adliya vazirligidan Baydenning jinoiy sxemaga aloqadorligi haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilishni talab etdi.

Foto: Getty Images

Ikki respublikachi kongressmen - Vakillar palatasining nazorat qo‘mitasi raisi Jyeyms Komer va senator Chak Gressli AQSh bosh prokurori Merrik Garlend va Federal tergov byurosi direktori Kristofer Reyga ochiq xat yo‘lladilar, ularda ular AQSh prezidenti Jo Baydenning vitse-prezident bo‘lib ishlagan davrida korrupsiya sxemalarida ishtirok etishi mumkinligi haqida anonim ma’lumot olganliklarini da’vo qilishdi. Komerning murojaati 3 may, chorshanba kuni chop etilgan.

Senatorlarning ta’kidlashicha, ular noma’lum ma’lumot beruvchidan Adliya vazirligi va Federal tergov byurosida "o‘sha paytdagi vitse-prezident Bayden va siyosiy qarorlar uchun pul almashinuvi bilan bog‘liq chet el fuqarosi ishtirokidagi da’vo qilingan jinoiy sxema tasvirlangan FD-1023 maxfiy shakli borligi haqida ma’lumot olishgan".

"Adliya vazirligi va Federal tergov byurosi Amerika xalqiga oshkor qilmagan qimmatli, tekshirilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarga ega. Shuning uchun Kongress bu masalani mustaqil va xolis ko‘rib chiqishga kirishadi", deb yozadi kongressmenlar boshqa tafsilotlarni keltirmasdan. 

Oq uy rasmiy vakili Yan Sams respublikachilarni “anonim tuhmatda” aybladi va chaqiruv qog‘ozini Respublikachilar partiyasining Bayden va uning oilasiga nisbatan olib borayotgan tergovi bilan bog‘ladi, deb yozadi Politico.

2020 yildan beri Komer va Gressli Baydenga aloqador odamlarni turli korrupsion sxemalarda ochiq ayblab keladi. Shu yilning yanvar oyida u moliya vaziri Janet Yyellendan prezident oilasi a’zolarining “shubhali biznes operatsiyalari” haqida ma’lumot so‘ragan edi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid