Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiyada terakt tayyorlashda gumon qilingan chechenlar qo‘lga olindi
Belgiya politsiyasi yetti kishini qo‘lga oldi, ularning aksariyati chechenistonlik. Ular IShIDni qo‘llab-quvvatlaganlikda gumon qilinmoqda.
Belgiyada IShID terrorchilik guruhini qo‘llab-quvvatlaganlikda va teraktni rejalashtirishda gumon qilingan yetti kishi qo‘lga olindi, deb xabar berdi mamlakat prokuraturasi 4 may, payshanba kuni.
Belgiya matbuotiga ko‘ra, qo‘lga olinganlarning deyarli barchasi chechenistonlik, ulardan uch nafari Belgiya fuqaroligiga ega. "Gap yosh yigirmalar atrofidagi yoshlar haqida ketmoqda, ularning ba’zilari allaqachon mayda jinoyatlar sodir etgan", - deya prokuratura tomonidan qo‘lga olinganlarning tavsifidan iqtibos keltirgan RTBF telekanali.
“Rejalashtirilgan hujumning aniq nishoni hozircha aniqlanmagan”, — deya axborot berdi mamlakat prokuraturasi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchilar “Belgiyada joylashgan muassasaga hujum qilish” niyatida bo‘lgan va “qurol-yarog‘ni faol izlagan”, dedi federal prokuratura matbuot kotibi Erik Van Duys.
Gumonlanuvchilarni qo‘lga olish amaliyoti doirasida politsiya mamlakat g‘arbidagi bir qancha shaharlarda to‘qqizta manzilda tintuv o‘tkazdi. “Ehtimoliy ayblovlar - terroristik qotillikka urinish, terroristik guruh faoliyatida ishtirok etish va teraktga tayyorgarlik ko‘rish”, — deyiladi prokuratura xabarida.
Mavzuga oid
19:28 / 08.07.2026
Afsonalarning ko‘z yoshlari va Trampni troll qilgan Belgiya. JChda 1/8 finalning asosiy voqealari
08:55 / 01.07.2026
Rossiya va Euroclear o‘rtasidagi nizo Belgiya sudigacha yetib bordi
09:15 / 23.06.2026
Belgiya «Tolibon» vakillariga viza berdi
17:16 / 26.05.2026