Jahon | 10:23 / 05.05.2023
9405
1 daqiqa o‘qiladi

YeXHT: Ukrainalik bolalar o‘g‘irlanishi - Rossiyaning harbiy jinoyati

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) hisobotiga ko‘ra, Rossiya Ukrainadan ukrainalik bolalarni o‘g‘irlab, harbiy jinoyat sodir etgan. 

Foto: AP

Hujjatda aytilishicha, Rossiyaga va Rossiya Federatsiyasi nazorati ostidagi hududlarga deportatsiya qilish ham insoniyatga qarshi jinoyat deb hisoblanishi mumkin

"Aniq raqamlar hali ham noma’lum, ammo keng ko‘lamli ko‘chirilish fakti na Ukraina, na Rossiya tomonidan bahsli emas", dedi Moskvaga qarshi ayblovlarni tekshirish bo‘yicha Latviya, Norvegiya va Chexiyadan kelgan uch nafar huquqshunos.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Rossiyani Ukrainadan bolalarni olib chiqib ketishni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi va Xalqaro jinoiy sud ham bu masalani tekshirayotganiga ishora qildi. 

Mart oyida Haaga sudi Vladimir Putinni, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi prezidenti huzuridagi bolalar huquqlari bo‘yicha vakil Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order bergan edi. 

Ular harbiy jinoyatlarda, xususan, ukrainalik bolalarni Rossiyaga noqonuniy deportatsiya qilishda gumonlanmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid