FT: YeI birinchi marta Xitoyni Rossiyaga yordam bergani uchun jazolamoqchi
Bryussel birinchi marta sanksiyalar ro‘yxatiga Xitoy firmalarini kiritdi, ammo ular hali Yevropa Ittifoqining barcha mamlakatlari tomonidan tasdiqlanishi kerak, deb yozadi FT.
Yevrokomissiya ilk bor sanksiyalar ro‘yxatiga Xitoydan Rossiyaga harbiy maqsadlarda foydalanish mumkin bo‘lgan uskunalar yetkazib beruvchi 7 ta kompaniyani kiritdi. Bu haqda 8 may, dushanba kuni Financial Times xabar berdi. Unga ko‘ra, ro‘yxat yaqin kunlarda YeIga a’zo davlatlar tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ushbu firmalarning ba’zilari allaqachon AQSh sanksiyalariga duchor bo‘lgan, biroq Yevropa Ittifoqi Pekin bilan qarama-qarshilikdan qochib, XXRning Moskvaga to‘g‘ridan to‘g‘ri qurol-yarog‘ sotilgani haqida hech qanday dalil yo‘qligiga rozi bo‘ldi, deb yozadi gazeta.
«Ukrainaga qarshi tajovuzkor urushni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Rossiya harbiy-sanoat majmuasi tomonidan qo‘llanilishi uchun elektron komponentlarning asosiy rolini hisobga olgan holda, uchinchi mamlakatlardagi ayrim sub’yektlarni ham sanksiyalar ro‘yxatiga kiritish maqsadga muvofiqdir. Bu savdo cheklovlarini chetlab o‘tish, Rossiya harbiy-sanoat kompleksi uchun elektron komponentlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish va yetkazib berish bilan shug‘ullanadigan Rossiyaning alohida korxonalariga ham taalluqli», - deya Bryusselning jazo choralari bo‘yicha taklifidan iqtibos keltiradi FT.
Sanksiyalar ro‘yxati kuchga kirishi uchun Yevropa Ittifoqining 27 ta davlati uni bir ovozdan ma’qullashi kerak. Bundan tashqari, Yevrokomissiya Rossiyaga uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarish va yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi ba’zi Eron kompaniyalariga nisbatan sanksiyalar joriy etishni taklif qilmoqda, deb yozadi gazeta. Shu bilan birga, Bryussel neftning noqonuniy eksporti bo‘yicha, o‘z chiqish portini hech qanday sababsiz yashirgan neft tankerlarining Yevropa Ittifoqi portlariga kirishini taqiqlashni taklif etmoqda.
Mavzuga oid
17:55
Xitoy Filippinning dengiz zonalariga oid qonuniga javoban patrullikni kuchaytiradi
15:18
«Qarz qopqoni»: Xitoy tasarrufiga o‘tgan Shri Lanka porti
13:30
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
15:10 / 09.11.2024