Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Estoniyaning chegaradagi qal’asida «Putin - harbiy jinoyatchi» yozuvli banner paydo bo‘ldi
Banner rossiyaliklarga ham ko‘rinib turibdi. Rossiya tomoni bannerni olib tashlashni talab qildi, Estoniya Rossiya rasmiylari buni talab qilishga haqli emasligini bildirdi.
Rossiya delegatsiyasi Estoniya hukumati va chegarachilardan Narva shahrida o‘rnatilgan «Putin War Criminal» (Putin – harbiy jinoyatchi) yozuvi va prezidentning portreti tushirilgan bannerni olib tashlashni talab qildi. Chunki banner chegaraning narigi tomonidagi Ivangorod shahri aholisiga ko‘rinib turadi. Bannerni o‘rta asr qal’asida joylashgan Narva Muuseum muzeyi ma’muriyati osib qo‘ygan.
Narva shahri politsiyasi boshlig‘i Indrek Pyuvi so‘zlariga ko‘ra, Estoniya o‘z qonunlariga amal qiladi. Qonun esa bunday plakatni taqiqlamaydi, Rossiya rasmiylarining bannerni olib tashlashni talab qilishga asosi yo‘q.
Rossiyaning Ivangorod shahri va Estoniyaning Narva shahrini Narva daryosi ajratib turadi. Shu sababli banner Ivangorod aholisiga ko‘rinadi. Banner Estoniya haqidagi feyk xabarlarga qarshi kurashuvchi Propastop uyushmasi tomonidan tayyorlangan.
Bundan tashqari, banner Ivangorod ma’muriyati harakatlariga qarshi javoban osilgan bo‘lishi ham mumkin. Avvalroq, daryo qirg‘og‘ida rossiyaliklar tomonidan «G‘alaba kuni»ni nishonlash uchun katta ekran o‘rnatilgan va konsert translatsiyasini estoniyaliklar ham ko‘rishi mumkin edi.
Mavzuga oid
09:55
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026