Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Baxmut atrofida AFP jurnalisti halok bo‘ldi
Ukraina sharqida Agence France-Press (AFP) agentligi operatori Arman Solden halok bo‘ldi. Bu haqda agentlik tvitterida xabar berilgan.
Solden Baxmut yaqinidagi Chasiv Yar shahri atrofi o‘qqa tutilishi vaqtida halok bo‘lgan.
Jurnalistning ijtimoiy tarmoqlardagi postlaridan kelib chiqilsa, may oyi boshida u Baxmut hududida bo‘lgan. U Rossiya harbiylarining shaharga zarbalari, shuningdek, shaharda qolgan aholi hayoti haqida hikoya qilgan.
Rossiya harbiylari Chasiv Yarni 9 may kuni o‘qqa tutgani haqida shahar rahbari Sergey Chaus xabar bergan. U bu zarbalar vaqtida bir kishi halok bo‘lganini ma’lum qilgandi.
«Suspilne» nashri ma’lumotiga ko‘ra, Arman Solden Rossiyaning Ukrainaga bosqini davomida halok bo‘lgan o‘ninchi jurnalistga aylandi.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Zalujniy Zelenskiyga saylovda qatnashmoqchiligini aytdi
16:47 / 02.07.2026
Rossiya Kiyevga vayronkor zarbalar yo‘lladi – suratlar
11:21 / 02.07.2026
CSIS: Rossiya har oy 30 mingdan ortiq harbiydan ayrilmoqda
20:18 / 01.07.2026