Jahon | 12:17 / 15.05.2023
8553
2 daqiqa o‘qiladi

Tailanddagi saylovlarda demokratik muxolifat yetakchilik qilmoqda

Dastlabki natijalarga ko‘ra, muxolifatdagi “Oldinga harakat” va “Tailandliklar uchun” partiyalari harbiylar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan partiyalarni katta farq bilan mag‘lub etmoqda.

Foto: AFP

Tailandda 14 may, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida demokratiya tarafdori bo‘lgan ikki muxolifat partiyasi – “Oldinga harakat” va “Tailandliklar uchun” katta farq bilan yetakchilik qilmoqda.

Dastlabki natijalarga ko‘ra, ovoz berishda Pita Limcharoyenrat boshchiligidagi “Oldinga harakat” g‘olib bo‘ldi. Ovozlarning 99 foizi sanab chiqilgach, 2014 yilda tashkil etilgan partiya Tailand parlamenti quyi palatasi bo‘lmish 500 o‘rinli Vakillar palatasida 151 o‘rinni qo‘lga kiritdi. Keyingi o‘rinda “Tailandliklar uchun” partiyasi, uning a’zosi sobiq hukumat rahbari Taksin Chinavatning qizi - Pxetxongtxan Chinavat, u parlamentdagi 141 o‘ringa da’vogarlik qilishi mumkin.

Ikki muxolif partiyadan keyin uchinchi o‘rinda qirollik Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Anutin Charnvirakul a’zosi bo‘lgan "Bhumchaytay" partiyasi joylashgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u parlamentda 71 o‘ringa ega bo‘ladi.

Ayni paytda, Tailand harbiylari bilan aloqador bo‘lgan ikki asosiy partiya o‘z pozitsiyalarini boy berdi. Bosh vazir o‘rinbosari Pravit Vongsuvan bilan "Xalq davlat kuchi" va amaldagi hukumat rahbari Prayut Chan-Ochey bilan "Tailand birlashgan millati" jami atigi 76 deputatlik o‘rinlariga ega bo‘lyapti.

Mavzuga oid