Fojia 13 iyul kuni tungi vaqtda Bangkokdagi Rong Beer Na Lat Phrao nomli pabda sodir böldi. Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga köra, yonğin vaqtida binoda qança odam bölgani hozirça aniq emas.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda odamlarning kuçli vahima içida binoni tark etayotgani, eşiklardan esa alanga otilib çiqayotganini köriş mumkin.
Hozirça yonğinning aniq kelib çiqiş sababi ma’lum emas. Pabda çiqiş qilgan musiqaçilardan biri sahna yaqinidagi avtomatik elektr öçirgiçdan tutun çiqayotganini körganini aytgan. Uning sözlariga köra, köp ötmay elektr ta’minoti uzilgan, şundan söng kuçli portlaşga öxşaş ovoz eşitilgan va binoni qisqa vaqt içida quyuq tutun qoplagan.
Bangkok gubernatori Çadçart Sittipuntning ta’kidlaşiça, yonğin juda tez tarqalgan va qisqa fursatda şiftgaça yetib borgan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, qurbonlarning aksariyati yonğin emas, balki tutundan zaharlaniş oqibatida halok bölgan.
Gubernatorning ma’lum qilişiça, ayrim jasadlar yonğin çiqiş eşigi oldida topilgan. Bu esa evakuatsiya yöli qandaydir tösiq bilan berkitilgan bölişi mumkinligini körsatmoqda. Hozirda bu holat ham tergov doirasida örganilmoqda.
Ma’lumotlarga köra, Rong Beer Na Lat Phrao pabi 300 nafardan ortiq mijozni qabul qiliş imkoniyatiga ega bölib, binoda törtta yonğin çiqiş eşigi mavjud bölgan. Muassasa Bangkokning maşhur Çatuçak bozori yaqinida joylaşgan va mahalliy aholi orasida ommabop dam oliş maskanlaridan biri hisoblangan.
Mahalliy politsiya va qutqaruv xizmatlari yonğin sabablarini aniqlaş böyiça suriştiruv işlarini davom ettirmoqda. Mutaxassislar elektr tizimidagi nosozlik yoki yonğin xavfsizligi talablariga rioya etilmagani kabi ehtimoliy omillarni ham tekşirmoqda.
Sönggi yillarda dunyoning turli mamlakatlarida köngiloçar maskanlarda sodir bölgan yonğinlar köplab insonlar hayotiga zomin bölmoqda. Mutaxassislar bunday fojialarning oldini oliş uçun yonğin xavfsizligi talablariga qat’iy amal qiliş va evakuatsiya çiqiş yöllarini doimo oçiq saqlaş muhimligini ta’kidlamoqda.












