Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh radiatsiyaga qarshi yangi dorini odamlarda sinovdan o‘tkazishni boshladi
Agar HOPO 14-1 samarali bo‘lsa, odamlarni uran va neptuniydan himoya qilish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Qo‘shma Shtatlarda inson tanasidan zararli radioaktiv moddalarni chiqarib tashlash uchun mo‘ljallangan yangi preparat sinovdan o‘tkazilmoqda.
BBC ma’lumotlariga ko‘ra, qirq nafarga yaqin ko‘ngillilar HOPO 14-1 preparatini turli dozalarini qabul qilishadi. Shifokorlar nojo‘ya ta’sirlarning rivojlanishini va ko‘ngillilar sog‘lig‘ini kuzatib boradilar.
Kaliforniyada joylashgan SRI International xalqaro instituti tadqiqoti rahbarlari birinchi bosqich natijalari 2024 yilda kutilayotganini ma’lum qilishdi.
Nashr ta’kidlaganidek, hozirgi kunda odamlarga radioaktiv plutoniy, ameritsiy yoki kyuriy ta’siridan yordam beradigan inʼeksiya yo‘li bilan qo‘llaniladigan ikkita dori allaqachon ishlab chiqilgan.
Radiatsiyadan himoya qilish uchun yod tabletkalaridan foydalanish ko‘p yillardan beri olimlarga ma’lum - ular 1986 yilda Chernobil AES avariyasidan keyin odamlarga berilgan.
Yana bir dori - kaliy geksasianoferrat inson tanasidan radioaktiv seziy va talliyni chiqarib tashlashga yordam beradi.
Agar HOPO 14-1 samarali bo‘lsa, odamlarni plutoniy, ameritsiy va kyuriydan tashqari, «iflos bombalar» deb ataladigan qurollarni ishlab chiqishda qo‘llanadigan uran va neptuniydan ham himoya qilish mumkin bo‘ladi. Agar antidot samarali bo‘lsa, u odamlarni yadroviy avariyalar yoki terroristik hujumlardan himoya qilishi mumkin.
Mavzuga oid
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026
Neft narxi AQSh va Eron urushi boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
13:35 / 18.06.2026
AQSh-Eron prezidentlari o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi
10:00 / 18.06.2026