Jahon | 15:00 / 16.05.2023
23842
6 daqiqa o‘qiladi

Kiyevga tungi hujum va Donbass shimolidagi harbiylar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 446-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Lukashenko 9 maydan buyon ilk bor Minskda jamoatchilikka ko‘rinish berib, 13 may kuni Bryansk oblastida «to‘rtta havo kemasi urib tushirilgani» tufayli Belarus qo‘shinlari yuqori jangovar shay holatda turgani haqida ma’lum qildi.
  • Bryansk oblasti gubernatori tomonidan e’lon qilingan rasmiy versiyaga ko‘ra, 13 may kuni faqat bitta Mi-8 vertolyoti qulagan. Ammo 15 may kuni Starodubsk okrugi rahbariyati Su-34 samolyoti uchuvchisini qidirishda yordam so‘rab aholiga murojaat qildi.
  • Luhansk shahri markazida portlash sodir bo‘ldi. «LXR» ichki ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Igor Kornet yaralangan. «Ukrainskaya pravda» o‘z manbasiga asoslanib xabar berishicha, portlash Ukraina xavfsizlik xizmatlari tomonidan uyushtirilgan.
  • RF mudofaa vazirligi katta masofaga harakatlanuvchi Storm Shadow raketasi urib tushirilgani to‘g‘risida ilk bor xabar berdi. Raketa aynan qachon va qayerda urib tushirilganiga aniqlik kiritilmagan. Ukraina ham, Ukraina qurolli kuchlari uchun bunday raketalarni yetkazib bergan Buyuk Britaniya ham hozircha bu ma’lumot yuzasidan izoh bermadi.
  • Putin xorijliklarga Ukrainadagi harbiy harakatlardagi ishtiroki uchun RF fuqaroligini olishga ruxsat berdi.
  • The Washington Post Pentagonning sizdirilgan maxfiy hujjatlariga tayangan holda Yevgeniy Prigojin Kiyevga ukrain harbiylari Baxmutni tark etishi evaziga Rossiya qurolli kuchlarining pozitsiyalarini oshkor etishni taklif etgani haqida xabar berdi. Kremldagilar buni «navbatdagi hazil» deb atadi.

Okkupatsiya ostidagi Yasinovatayada zarba oqibatlari

Yasinovataya Donetskdan 25 kilometr masofada joylashgan. Rossiya qo‘shinlari tomonidan bosib olingan oblast markazi kabi 2014 yildan buyon okkupatsiya ostida qolmoqda. 15 may tongida Yasinovataya o‘qqa tutildi. Anneksiya qilingan «DXR»ning Moskva tomonidan tayinlangan hukumati hujumda Ukraina qurolli kuchlarini aybladi; Ukraina bu bayonot yuzasidan izoh bermadi. Yasinovataya meriyasiga ko‘ra, zarba oqibatida tinch aholi vakillaridan bir kishi halok bo‘lib, yana sakkiz kishi yaralangan.

Yasinovataya o‘qqa tutilishi chog‘ida yakson etilgan avtomobil
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Yasinovatayada yashovchilardan biri otishma ostida qolgan ko‘p kvartirali uy pod’yezdida
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
62 yoshli Volodimir Kopitkov Yasinovatayaga raketa zarbasi oqibatida shikastlangan kvartirasida
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Xersonga zarba berilishi 

Rossiyalik harbiylar 15 may kuni dronlar vositasida Xersonga hujum qildi. Mahalliy maktab zarba ostida qolgan — tom va devorlar vayron bo‘lgan. Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q.
Svitlana Horieva / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Kiyevga tungi hujum

Kiyev rasmiylari 16 mayga o‘tar kechasi shaharga raketa va dronlar bilan yoppasiga hujum uyushtirilgani to‘g‘risida xabar berdi. Obolons, Shevchenkovo, Solomensk va Darnitskiy rayonlarida raketa parchalari qulagan, buning oqibatida uch kishi tan jarohati olgan.

Ukraina qurolli kuchlari havo qo‘mondonligi xabar berishicha, havo hujumidan mudofaa tizimlari shahar tomonidan uchirilgan barcha 18 raketa - 6 ta «Kinjal», 9 ta «Kalibr» qanotli raketalarini, «Iskander» va S-400 komplekslaridan yo‘llangan uchta raketani, 6 ta «Shahed-136/131» dronlari va uchta razvedka dronini urib tushirgan.

Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Reuters

Donbass shimolidagi ukrain harbiylari 

Donetsk oblastidagi (aynan qayerligi ma’lum emas) yo‘lda ukrain harbiylariga salom yo‘llayotgan tinch aholi vakili
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Ukraina QK harbiy texnikasi shiddatli janglar ketayotgan Baxmutdan 13 kilometr masofadagi Chasiv Yar shahrida harakatlanmoqda
Vincenzo Circosta / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrain harbiylari rossiyaliklarning Baxmut atrofidagi pozitsiyalarini o‘qqa tutmoqda. Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyarga ko‘ra, Rossiya qo‘shini Baxmut atrofiga desant-shturm otryadlarini olib kelmoqda, ammo Ukraina QK shaharni himoya qilishda davom etmoqda. Ukraina QK quruqlik qo‘shinlari qo‘mondoni Oleksandr Sirskiy «Baxmut mudofaasi amaliyot davomidagi ilk muvaffaqiyatli yurish harakatlari» haqida xabar qildi.
Libkos / AP / Scanpix / LETA

Ukrainaning turli nuqtalaridan suratlar

Urush qurboni bo‘lgan fransuz jurnalistining Kiyevdagi xotira kechasi

Agence France-Presse (AFP) videojurnalisti Arman Soldin 9 may kuni Chasiv Yar atrofi o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘ldi. 32 yoshli Soldin Ukrainaga 2022 yil 25 fevral kuni kelgan va shundan buyon mamlakat sharqi va janubidagi frontda uzluksiz faoliyat olib borayotgandi. Soldin — Rossiya-Ukraina urushi davrida halok bo‘lgan o‘ninchi jurnalist bo‘ldi.
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid