Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2023 yilda sanoat yarmarkalarini o‘tkazish choralari belgilandi
Vazirlar Mahkamasining “2023 yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Yarmarka may oyining oxirida Samarqand viloyatida boshlanadi, yakunlovchi yarmarka esa dekabr oyida Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
Hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini moliyalashtirish ushbu yarmarkalar tashkilotchilari va ularda ishtirok etuvchi tomonlar mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazining elektron kooperatsiya portalida tarmoqlar va korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarning ro‘yxati shakllantiriladi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- 2023 yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini o‘tkazish reja-jadvali;
- 2023 yilda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari rejasi;
- 2023 yilda respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari rejasi va boshqalar.
Mavzuga oid
23:12 / 19.11.2025
Mahallalarda 50 ta «mikrosanoat markazi» ishga tushiriladi
12:57 / 14.11.2025
Markaziy Osiyo davlatlari "Made in Central Asia" brendini yaratadi
19:00 / 19.09.2025
Mining & Metals Central Asia 2025: O‘zbekistonning sanoat salohiyati dunyo diqqat markazida
15:18 / 20.08.2025